O`zbekistondan Janubiy Koreyaga borish uchun koronavirusga test topshirish bo`yicha laboratoriyalar ro`yxati o`zgardi. Bu haqda Koreya Respublikasining O`zbekistondagi elchixonasi ma`lum qildi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar berdi.
Karantin choralarini kuchaytirish maqsadida 24 sentyabrdan boshlab O`zbekistondan Koreya Respublikasiga boruvchi fuqarolar parvozgacha 48 soat davomida faqat Toshkent shahri Mirobod tumani Qo`yliq 5 mavzesi Yangi Qo`yliq 1A ko`chasida joylashgan “KOREA NO 1 LABORATORY”da (+99899 805-59-68) koronavirusga test topshirishi hamda bu to`g`risida ingliz tilida tibbiy ma`lumotnomaga ega bo`lishi shart.






