AsosiyJamiyat

Komil Allamjonov: 2016 yilga qadar matbuot faqat o`sha paytdagi davlat rahbarining kayfiyatiga qaratilgan bo`lgan

'Komil Allamjonov: 2016 yilga qadar matbuot faqat o`sha paytdagi davlat rahbarining kayfiyatiga qaratilgan bo`lgan'ning rasmi

Mass-mediani rivojlantirish jamg`armasi EXHTning O`zbekistondagi loyihalari koordinatori bilan birgalikda Xalqaro axborotdan erkin  umumfoydalanish kuni munosabati bilan onlayn konferensiya o`tkazmoqda.

Anjumanda BMT Bosh kotibining Global kommunikasiyalar bo`yicha o`rinbosari Melissa Fleming, EXHT Bosh kotibi vazifasini bajaruvchi Elchi Tuula Yuryola, Mass-mediani qo`llab-quvvatlash jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov, Milliy mass-mediani qo`llab-quvvatlash jamoat fondi Vasiylik kengashi raisining o`rinbosari Saida Mirziyoeva, Ulrika Funered, Shvesiyaning EXHTdagi elchisi va 2021 yildagi EXHT Doimiy Kengashi raisi va boshqalar ishtirok etishmoqda.

Tadbirda so`zga chiqqan Komil Allamjonov quyidagi fikrlarni bildirib o`tdi.

-- O`zbekiston matbuoti koma holatida bo`lgan. 2016 yilga qadar matbuot faqat o`sha paytdagi davlat rahbarining kayfiyatiga qaratilgan bo`lgan. Hozir vaziyat o`zgardi. Kim nima desa ham o`zgardi. Matbuot ochildi. Muammolar bu jarayondir.

Pandemiya bahona matbuot bo`g`ilishi kerak emas.Vaziyat ko`rsatdiki, karantinda o`tirgan odamlarga axborot suv va havodek kerak bo`ldi. Pandemiyada axborot hayot mamot masalasiga aylandi.Matbuot bilan muammo bor. Lekin buning hammasi invidual darajada ko`rilishi kerak, davlat siyosati darajasida emas. Siyosat ochiqlik yo'lida.Jurnalistlar bilan bog`liq har bir keys sud orqali hal bo`lishi kerak. Faqat ochiq va adolatli sud orqali, dedi  K.Allamjonov.

    Boshqa yangiliklar