Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan aliment qarzdorliklarini undirish bilan bir qatorda oilalarni o`zaro yarashtirib, oila mustahkamligini saqlab qolishga ham ko`maklashishmoqda.
Kuni kecha Byuroning Qiziriq tuman bo`limi xodimlarining tushuntirish targ`ibot ishlari natijasida 2 ta oila saqlab qolindi.
Tumanda yashovchi T.Zafarov bir nafar farzandining ko`ngli o`ksik bo`lib ulg`ayishini istamay oilasi bilan ajrashishga sabab bo`lgan ayrim gina-qudratlarni unitib, o`zaro yarashish istagini bildirdi.
Byuroning tuman bo`limi ish yurituvida bo`lgan yana bir aliment undiruvi bilan bog`liq ijro hujjati yuzasidan ijro xarakatlariga kirishilib, 3 yil avval sudning qarori bilan ajrashgan yosh oilaga nisbatan ham tushuntirish va targ`ibot ishlari olib borilib, o`zaro yarashish taklifi bildirildi.
Bu yosh oila bir nafar farzandining ota-onasi bag`rida barkamol bo`lib ulg`ayishini istab yarashishga qaror qildi.
Er-xotin munosabatlarining tiklanganligi, oilalar yarashganligi munosabati bilan aliment undirish to`g`risidagi ijro hujjatlari muddatidan oldin tugatildi.






