Namangan viloyati IIB Axborot xizmatining xabar berishicha, 25 sentyabr kuni Yangiqo`rg`on tumanidagi Vodiy MFY Ipakchi ko`chasida ta`mirlash ishlari bo`layotgan ko`p qavatli uyda yollanma ishchi bo`lib ishlayotgan 25 yoshli fuqaroni elektr toki urib, voqea joyida vafot etgan.
IIB bergan xabarga ko`ra, hodisaga texnika xavafsizligi yoki mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishini etarli darajada tashkil etilmaganligi sabab bo`lgan.
Yangiqo`rg`on tuman STEBning xulosasida, marhumda elektr travma, organizm umumiy aspeksiya, o`ng qo`l chap kafti uchi yuzasi elektr tamg`a ko`rinishidagi jarohatlar uning o`limiga olib keluvchi jarohatlar ekanligi ko`rsatilgan.
Ushbu holat bo`yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.






