AsosiyJamiyat

Sirdaryoda akasining "Neksiya-3"ini boshqarib ketayotgan 18 yoshli yigit ayanchli YTHga uchradi va halok bo`ldi

'Sirdaryoda akasining "Neksiya-3"ini boshqarib ketayotgan 18 yoshli yigit ayanchli YTHga uchradi va halok bo`ldi'ning rasmi

Joriy yilning 27 sentyabr kuni soat 17:00 larda 12.07.2002 yilda tug`ilgan fuqaro O.D. akasi I.B.ga tegishli "Neksiya-3" rusumli 20 S 730 EA avtomashinani Sayxunobod tumani hududidan o`tgan A-373-avtomobil yo`lining Guliston-Bo`ka yo`nalishi bo`yicha 44-km.da boshqarib ketayotib rul boshqaruvini yo`qotib yo`l chetiga ag`darilib YTH sodir etgan.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabariga ko`ra, YTH natijasida haydovchi O.D. olgan tan jarohatlarining og`irlik darajasidan voqea joyida vafot etgan. 

Holat yuzasidan Sayxunobod tumani IIB TB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Shu o`rinda haydovchilarimizdan transport vositasini boshqargan vaqtlarida tezlikni oshirmasliklarini, yo`l harakati qoidalariga qat`iy amal qilishlarini so`rab qolamiz.

 

    Boshqa yangiliklar