B.A. Olmatov Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirining o`rinbosari lavozimiga tayinlandi, bu haqda Vazirlik Axborot xizmati xabar beradi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 25 dekabrdagi qaroriga muvofiq, Bahromjon Adxamovich Olmatov O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirining o`rinbosari lavozimiga tayinlandi.
B.A. Olmatov shu kungacha Davlat statistika qo`mitasi raisining axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish va axborot xavfsizligini ta`minlash masalalari bo`yicha o`rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.





