1

Ko`chmas mulkka bo`lgan huquqlarni davlat ro`yxatidan o`tkazish uchun to`lov unidirilishi qonuniymi?

Jamiyat 29.09.2020, 13:30
Ko`chmas mulkka bo`lgan huquqlarni davlat ro`yxatidan o`tkazish uchun to`lov unidirilishi qonuniymi?

AOKAda Kadastr agentligi matbuot kotibi Ne`mat Atamuratov ishtirokida o`tkazilgan brifingda sohaga oid muhim savollarga javob qaytarildi.

❓Turar joylarni baholash tartibi qanday? Ushbu turar joylar buzilganda to`lovlar shu baho asosida to`lab beriladimi?

Vazirlar Maxkamasining 2017 yil 30 dekabrdagi “Soliq solish maqsadida jismoniy shaxslarga tegishli bo`lgan ko`chmas mulk ob`ektlarining, turar joy fondining kadastr qiymatini hisoblash tartibi to`g`risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 1043-sonli qarori asosida u inventar baho soliq solish maqsadida baholanadi.  

Uy-joylar buzilganda erkin baholash markazlari orqali baholanadi.

❓Ko`chmas mulkka bo`lgan huquqlarni davlat ro`yxatidan o`tkazish uchun to`lov unidirilmoqda. Bu qonunga zid emasmi?

Yo`q bu qonunga zid emas. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24 iyuldagi 623-sonli qaroriga muvofiq to`lov amalga oshiriladi.  

❓Ko`chmas mulkka bo`lgan huquqlarni davlat ro`yxatidan o`tkazish qoyidalari bo`yicha ma`lumot bersangiz?

Tuman, shahar hokimliklari tomonidan ajratilgan er ajratish to`g`risidagi qaror, qurilishi tugallangan uy-joyni foydalnishga qabul qilish dalolatnomalari, mulk huquqni tasdiqlovchi tuman, shahar hokimining qarori, oldi-sotdi, hadya, ayriboshlash, meros va boshqa huquqni belgilovchi xujjatlar asosida davlat ro`yxatidan o`tkaziladi.

❓Uy otamning nomida shu uyni qanday qilib o`zimning nomimga o`tkazsam bo`ladi?

Otangiz nomiga ushbu uy-joy belgilangan tartibda davlat ro`yxatiga olingan bo`lsa, undan so`ng davlat notarial idorasi tomonidan imzolangan  (oldi-sotdi, hadya, meros va ayriboshlash) tariqasida davlat xizmatlari markazi yoki yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali rasmiylashtirib olishingiz mumkin.      

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1