1

7 ta hududda koronavirusdan zararlangan 184 kishi aniqlandi. 2 bemor virus tufayli vafot etdi

Jamiyat 29.09.2020, 17:25
7 ta hududda koronavirusdan zararlangan 184 kishi aniqlandi. 2 bemor virus tufayli vafot etdi

2020 yil 29 sentyabr soat 17:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 56 252 (+184) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 176 nafari Toshkent shahrida, 8 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko`tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun ayni paytga qadar:

📌Toshkent shahrida 248 nafar,  

📌Toshkent viloyatida 106 nafar,  

📌Andijon viloyatida 12 nafar,  

📌Samarqand viloyatida 10 nafar,  

📌Qoraqalpog`iston Respublikasida 9 nafar,  

📌Qashqadaryo viloyatida 7 nafar,

📌 Farg`ona viloyatida 1 nafar bemor tuzaldi.  

Shunday qilib yurtimizda 52 859 (+393) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog`aygan.

Hozirda mamlakatimizda 2 928 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1