AsosiyJamiyat

2016 yilda 20 ming o`zbekistonlik Rossiyaga ko`chib o`tadi

Rossiyaning O`zbekistondagi elchisi Vladimir Tyurdenevning ma`lum qilishicha, 2015 yilda 20 mingga yaqin O`zbekiston respublikasi fuqarolari Rossiya Federasiyasiga ko`chib borish bo`yicha dasturda ishtirok etmoqda. Bu haqda “Sputnik” nashri xabar bermoqda.

 “2015 yilda Rossiya elchixonasiga ko`chirilish bo`yicha dasturda qatnashish to`g`risidagi 8,3 ming ariza kelib tushdi. Ko`chib o`tuvchilarning umumiy soni, oila a`zolarini qo`shib hisoblaganda 20 ming nafarga yaqin kishini tashkil etdi”, - dedi Tyurdenev.

Elchi shuningdek, ko`chib o`tish ko`ngilli ish ekanligini va elchixona tomonidan hech qanday tashviqot ishlari olib borilmayotganini ham ta`kidladi.

Rossiya Federal migrasiya xizmati ma`lumotlariga ko`ra, 2015 yilda 150 ming nafar kishi mamlakatga ko`ngilli ravishda ko`chib kelishi belgilangan.

    Boshqa yangiliklar