1

Nurmat Otabekov «koronavirus uy sharoitida ko`proq yuqyapti» degan so`zlarini izohladi

Jamiyat 30.09.2020, 12:15
Nurmat Otabekov «koronavirus uy sharoitida ko`proq yuqyapti» degan so`zlarini izohladi

Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Nurmat Otabekov so`nggi brifinglarning birida aytgan — «koronavirus uy sharoitida ko`proq yuqyapti» degan so`zlariga izoh berdi.

«Keling bu savolga javob berishdan oldin bir nechta raqamlarga aniqlik kiritaylik. Respublika bo`yicha COVID-19 yubilan kasallanish mutloq (absolyut) sonda 54 mingdan ortib ketdi, bu umumiy aholi soniga nisbatan 0.15% ni tashkil etadi. Bu ko`rsatkich har 100 ming aholi soniga nisbatan nisbiy (intensiv) sonda 158.8 ni tashkil etadi.  

Endi uy sharoitida kasallikni yuqtirib olish ehtimoli yuqori degan fikrga qo`shilgan holda, mazkur fikrni asoslab beramiz. Havo tomchi yo`li bilan yuqadigan yuqumli kasalliklar, jumladan COVID-19 kasalligi ham yopiq joylarda tez tarqaladi. Negaki, yopiq joyda virus uzoq muddat saqlanibgina qolmasdan, yaqin muloqotlar natijasida bir odamdan ikkinchi odamga yuqish ehtimoli ortadi.  

Amaliyotda ko`rayapmizki, agar kasallik biron bir xonadonda qayd etilsa, bittagina bemor qayd etilishi bilan chegaralanib qolmayapti, aksincha ba`zi hollarda bemor yaqinlarining,  oila-a`zolarining qariyib barchasiga kasallik yuqayapti. Tahlillar bemorlar bilan xonadon sharoitida muloqotda bo`lganlarning 50-100 foyiziga kasallik albatta yuqishini ko`rsatayapti. Afsuslar bo`lsinkim, bitta xonadondan bir nechta odam vafot etgan holatlar ham mavjud.

Tan olishimiz kerakki, biz ko`chada mas`uliyatni, javobgarlikni sezganimizdan, istihola qilganimizdan, uyalganimizdan bo`lsa ham karantin va cheklov tadbirlariga to`liq yoki qisman rioya etamiz. Uydachi, uyga kelgach bu kabi talablar borligini to`liq unutamiz, o`zimizni erkin tutamiz, maishiy muloqotlarimiz kengaytiramiz.  

Siz ko`chadan kasallikni yuqtirib oldingiz deylik, hali kasallik belgilari namoyon bo`lmagan yoki test sinamasini topshirmagansiz, demak kasallikning yashirin davrida uyda bo`lish barobarida Siz ko`plab oila-a`zolaringizni xavf ostiga qo`yasiz»  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1