1

Mutasaddilar va`dasi: Bu yildan ko`mir sifati yaxshilanadi, narxlar esa o`tgan yilgidagidek qoladi

Jamiyat 30.09.2020, 20:24
Mutasaddilar va`dasi: Bu yildan ko`mir sifati yaxshilanadi, narxlar esa o`tgan yilgidagidek qoladi

Biroz avval kuz-qish masalalariga bag`ishlangan matbuot anjumani va unda issiqlik ta`minoti mavsumining qachon boshlanishiga aniqlik kiritilgani haqida xabar bergan edik. Unda so`zga chiqqan “O`zbekko`mir” AJ bosh direktori o`rinbosari Erkin YaKUBOV ham aholi uchun yaxshi yangiliklarni ma`lum qildi.

BU YILGI KO`MIR SIFATLIROQ BO`LADI VA ENG YaXShI KO`MIR AHOLIGA ETKAZILADI

Uning aytishicha, ushbu mavsumdan boshlab ko`mir sifati bo`yicha nazorat kuchaytirilgan. Bu bo`yicha 20-25 nafar ishchi biriktirilgan bo`lib, ular qazib olingan ko`mirni ortiqcha moddalardan tozalash bilan shug`ullanadi. Bu bilan joriy yildagi ko`mir sifati 15-20 foizgacha yashilanadi. Shuni aytib o`tish kerakki, aholi va ijtimoiy soha ob`ektlari uchun eng sifatli ko`mir etkazib beriladi. 

NARXI-ChI?

"Narxlar o`tgan yilidagi qiymat bo`yicha o`zgarishsiz qoldirildi. Shuningdek, ko`mir etkazib beruvchilar uchun yaratilgan temir yo`l imtiyozlari sababli Qozog`istondan import qilinadigan ko`mir mahsulotlari narxlarining ham oshirib yuborilmasligi bo`yicha muzokaralar olib borilyapti", - deya narxlarning oshirilmasligini ta`kidlab o`tdi.

Ma`lumot uchun, o`tgan yilgi mavsumda 1 tonna ko`mirning omborxonalardan realizasiya qilinadigan chakana narxi 300 ming 300 so`m, briket narxi esa 412,5 ming so`mni tashkil etgan. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1