AsosiyShou-biznes

2015 yilda kino yaratish uchun Davlat byudjetidan 10 milliard so`m ajratildi

Davlat hisobidan suratga olinayotgan filmlarga katta mablag` sarflanishini bilamiz, biroq mazkur mablag` miqdori doim ham e`lon qilinmaydi.

“O`zbekkino” milliy agentligi bosh direktori vazifasini bajaruvchi Ahmadjon Umarovning ma`lumotlariga ko`ra, 2015 yilda davlat byudjeti hisobidan kino yaratish uchun 10 mlrd so`m mablag` ajratilgan.

Ushbu mablag`ga 15 ta badiiy film, 10 ta multiplikasion, 20 dan ortiq hujjatli va 60 dan ortiq ilmiy-ommabop hujjatli film suratga olish rejalashtirilgan.

Shu vaqtgacha barcha filmlar bir xil moliyalashtirilgan, ya`ni ularning mavzusi, hajmi, murakkablik darajasiga qaramasdan yuir xil – 500 million so`m ajratib kelingan.

Biroq 2015 yilda bizdagi ma`lumotlarga ko`ra, birgina Akbar Bekturdievning “Oyqiz ertagi”ga 1,6 mlrd. so`m Rustam Sa`dievning “Baron” filmiga esa 1,5 mlrd so`m mablag` ajratilgan.

Xo`sh, multiplikasiya va hujjatli filmlarni yaratish yil davomida qay darajada amalga oshirildi. Umuman olganda “O`zbekfilm”ning yil sarhisobiga oid eksklyuziv intervyusini yaqin kunlarda Darakchi.uz’da o`qishingiz mumkin.

 

    Boshqa yangiliklar