AsosiyJamiyat

Bosh prokuratura: Andijondagi YTHda IIV xodimini kaltaklagan shaxslar qidirilmoqda

'Bosh prokuratura: Andijondagi YTHda IIV xodimini kaltaklagan shaxslar qidirilmoqda'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Andijon shahrida “Damas” hamda “Spark” rusumli avtomashinalari ishtirokida sodir etilgan yo`l-transport hodisasi hamda uning oqibatida IIB xodimi kaltaklangani bo`yicha tafsilotlarni oldinroq yozgan edik.

Mazkur hodisa aks etgan videolavha yuzasidan Bosh prokuratura rasmiy bayonot berdi.

Unda aytilishicha, Andijon viloyati prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilgan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar prokuraturasi tomonidan fuqarolar X.B. va X.E. larga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 105-moddasi 2-qismi “i” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Ish hujjatlariga ko`ra, joriy yilning 24 sentyabr kuni Andijon shahar IIO FMB 1-sonli IIB tergov bo`linmasi tergovchisi S.G`. o`zining boshqaruvida bo`lgan “Damas” rusumli avtomashinaning boshqaruvini yo`qotib, yo`l chetidagi “Spark” rusumli avtomashina bilan to`qnashib, yo`l transport hodisasini sodir etgan.  

Shundan so`ng, “Spark” rusumli avtomashina haydovchisi X.B. hamda uning yonida bo`lgan X.E. lar S.G`. bilan janjallashib, unga tan jarohati etkazishgan.

Mazkur holat yuzasidan voqea ishtirokchilariga etkazilgan tan-jarohatlari, xususiyatlari va og`irlik darajasini aniqlash yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Jinoyat ishi bo`yicha X.B. va X.E. lar sirtdan ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, ularga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi belgilangan va qidiruv e`lon qilingan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda, deyiladi Bosh prokuratura bayonotida.

    Boshqa yangiliklar