AsosiyJamiyat

Abdumo`min O`tbosarov 56 yoshida vafot etdi

31 dekabr kuni, "O`zbekiston" telekanali suxondoni Abdumo`min O`tbosarov 56 yoshida vafot etdi.

O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi Muslimbek Yo`ldoshev o`zining Facebook ijtimoiy tarmog`idagi sahifasida O`zbekiston xalq artisti, oliy toifali suxandon Abdumo`min O`tbosarov 56 yoshida to`satdan vafot etgan to`g`risida xabar qoldirdi.

Abdumo`min O`tbosarov 1960 yil 24 aprelda tug`ilgan. Ko`p yillar davomida O`tbosarov O`zbekiston televideniesida suxandon bo`lib ishlab kelgan.

31 dekabr kuni Prezident tabrigini ham “O`zbekiston” telekanalida aynan u o`qigan edi.

Fursatdan foydalanib uning yaqinlariga sabr tilaymiz va ta`ziya izhor etamiz!

    Boshqa yangiliklar