2020-2021-o`quv yilida O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga o`qishga qabul qilish uchun test sinovlari 2020 yil 5-6 oktyabr kuni bo`lib o`tadi. Test sinovlari yuridik texnikumlar joylashgan hududlarda o`tkaziladi. Test sinovlari 2 smenada (1-smena soat 09:00 dan 12:00 ga qadar, 2-smena soat 14:00 dan 17:00 ga qadar) tashkil etiladi. Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani shaxsiy kabinetlari (texnikum.dtm.uz) dan olishlari mumkin. Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kechikmasdan pasporti va ruxsatnomasi bilan kelishlari so`raladi. |
02.10.2020 19:37