2020 yil 8 oktyabr` kuni soat 13:45 larda “12-avtobus saroyi” MChJ haydovchisi K.Akramov “Isuzu” rusumli davlat raqami 01 937 LBA bo`lgan avtobusni 75-yo`nalishda Toshkent viloyati, Yangi yo`l tumani, 4-P Sergeli aylanma yo`li qo`chasida “Toshkent metallurgiya zavodi” tomon 3 nafar yo`lovchi bilan boshqarib borayotib, davlat raqami 01V210AA bo`lgan yuk avtomashinasi bilan to`qnashuv sodir etgan. To`qnashuv natijasida “12-avtobus saroyi” MChJ haydovchisi K.Akramov boshqaruvni yo`qotib yo`l chetidagi simyog`ochga urilgan. Dastlabki tezkor ma`lumotlarga ko`ra avtobus salonida bo`lgan 1 nafar yo`lovchi engil tan jaroxat olib kasalxonada ambulator tibbiy yordam ko`rsatilgan. Xodisa yuzasidan Jamiyat mutassadi xodimlari tomonidan xizmat surishtiruv ishlari olib borilmokda. | |
08.10.2020 22:32