1

Turizm sohasida faoliyat yurituvchi ichki ishlar organlari xodimlarining yangi formasi namunasi sinovdan o`tkazilmoqda

Jamiyat 10.10.2020, 20:22
Teglar: ​Ichki ishlar
Turizm sohasida faoliyat yurituvchi ichki ishlar organlari xodimlarining yangi formasi namunasi sinovdan o`tkazilmoqda

So`nggi yillarda mamlakatimizda turizm salohiyatini kengaytirish yo`lida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Yurtimizning tarixi bilan tanishib, uning diqqatga sazovor joylarini ko`rish, insonlarimiz bilan suhbat qurib, yangi do`stlar orttirish niyatida uzoq davlatlardan kelgan mehmonlar uchun barcha shart-sharoitlar yaratish muhim vazifalardan hisoblanmoqda. Ichki ishlar organlarida ham bu yo`nalishga alohida ahamiyat berilmoqda.Bu haqda IIV Xavfsiz turizmni ta`minlashni muvofiqlashtirish boshqarmasi xabar berdi.

Xususan, chet ellik turistlarning xavfsizligini ta`minlash, ular tashrif buyuradigan maskan, joylarda kerakli yordamlarni ko`rsatish bo`yicha maqsadli ishlar amalga oshirib kelinishi so`zlarimiz dalilidir. Bu ishda esa, Bilamizki, tashqi ko`rinish muhim ahamiyatga ega. Shunday ekan bu masala ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni ta`minlash bo`linmalari diqqat e`tiborida edi.

Mazkur soha xodimlarining yangi forma kiyim-boshlari bo`yicha namunalar loyihasi ishlab chiqildi. Bugungi kunda yangi namunadagi forma tayyor bo`lib, Toshkent shahar va poytaxt viloyati xodimlarida sinovdan o`tkazilmoqda.

Forma kiyimini ishlab chiqishda avvalo ko`rinishiga ahamiyat qaratildi, shu bilan birga uning qulayligi, zamonaviy dizaynga ega ekanligi ham e`tibordan chetda qolmadi, albatta. Bundan tashqari, bo`linmalar xodimlari faoliyatining o`ziga xos jihatlari, mamlakatimiz hududidagi iqlim sharoitlari va zamonaviy talablar inobatga olindi.

Loyiha jarayonida xorijiy davlatlar tajribasi ham o`rganilgan edi. Urinishlar natijasi o`laroq bugungi kunda yaratilib, xodimlar uchun taqdim etilgan forma kiyim-boshi mazkur yil davomida sinovdan o`tkaziladi.

 

 
  

Sharhlar

Ichki ishlar vazirligida shaxsiy tarkib bo`yicha lavozim tayinlovlari amalga oshirildi

12.12.2021, 21:25

Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo`yicha buyrug`i bilan lavozim qator tayinlovlar amalga oshirildi. O`zbekiston IIV axborot xizmati bu haqda xabar berdi.Unga ko`ra, podpolkovnik Utemuratov Azat...
1 500 dollar evaziga fuqaroni ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo`yishni va`da qilgan firibgar qo`lga olindi

20.09.2021, 12:16

Fuqaroni ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo`ymoqchi bo`lgan firibgar ushlandi.Bosh prokuratura huzuridagi Departament bu haqda xabar berdi.Ma`lum bo`lishicha, muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan fuqaro M.O....
Ichki ishlar faoliyatiga bag`ishlangan «Ofiser 55» seriali suratga olinmoqda

05.02.2021, 16:36

“O`zbekkino” Milliy agentligi va Toshkent shahar IIBB hamkorligida ichki ishlar faoliyatiga taalluqli «Ofiser 55» kinoseriali ishga tushirildi. Serial triller, kriminal janrda bo`lib, unda Toshkent shahar...
Toshkentda bir kunda 1642 nafar qoidabuzar haydovchi va 98 nafar piyoda qayd etildi

12.11.2019, 09:09

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi yo`l harakati xavfsizligini ta`minlash bo`yicha amalga oshirilgan ishlar to`g`risida ma`lumot berdi.10 noyabr kuni kun davomida Toshkent shahar Ichki ishlar...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1