Samarqand viloyati Kattaqo`rg`on tumani hokimi A`zamxon Baxramov 60 yoshida vafot etdi. Bu haqda tuman hokimligi Matbuot xizmati xabar qildi.
"Beshafqat o`lim xalqparvar va fidoyi inson, Samarqand viloyati Kattaqo`rg`on tumani hokimi A`zamxon Baxramovni 60 yoshida oramizdan olib ketdi.
Janozasi bugun - 2020 yil 19 oktyabr kuni soat 13.00 da Toshkent shahri Yunusobod tumani «Uch qahramon» mahallasida bo`ladi", - deyiladi xabarda.
Eslatib o`tamiz, avvalroq, Qoraqalpog`iston Respublikasi Qonliko`l tumani hokimi 36 yoshli, Daulet Ayapbergenovich Tolibaev, Mirishkor tumani hokimi G`ayrat Begaliev va uning o`rinbosari Mansur Rahmonov , Namangan viloyati hokimi o`rinbosari Bahromjon Nurmatov, Oltinko`l tumani hokimi Nazirjon O`rinboev, Xonobod shahar hokimi Musaxon Mamadalievlar vafot etgani xabar qilingan edi.