AsosiyJamiyat

Turkiya O`zbekiston fuqarolariga viza tartibini o`rnatadimi?

2016 yilning iyun oyidan Turkiya 89 mamlakat bilan viza tartibini joriy etadi, ular orasida O`zbekiston ham bor, deya xabar beradi Turkiya mahalliy OAVlari.

Haberizmir nashrining xabar berishicha, bu haqda Turkiya va Evropa Ittifoqi o`rtasida imzolangan kelishuvga asosan qaror qabul qilingan.

Viza tartibi tiklanadigan mamlakatlar qatoridan – O`zbekiston, Ozarbayjon, RF, O`zbekiston, Turkmaniston, Ukraina va Gruziya joy oldi.

Nashr ma`lumotlariga ko`ra, ushbu qaror Turkiya sayyohlik sohasi vakillarining havotiriga solmoqda. Turkiyaning oteler va investorlar Assosiasiyasi rahbari Timur Bayindirning ma`lum qilishicha, vizasiz tartibning joriy qilinishi Turkiyaga sayyohlar oqimining keskin qisqarishiga olib keladi.

Turkiyaning O`zbekistondagi elchixonasi bilan mazkur masala yuzasidan bog`langanimizda, darhaqiqat, bugungi kunda Turkiya bir qator mamlakatlar bilan viza munosabatlarini ko`rib chiqayotganini ma`lum qildi. O`zbekiston bilan viza munosabatlari joriy etilishi haqida hozirda hech qanday aniq ma`lumot yo`qligini, ushbu masalaga keyinroq yana oydinlik kiritilishini aytdi.

 

    Boshqa yangiliklar