Kecha, 20 oktyabr kuni taxminana soat 10.00 da Yangi Qo`yliq ko`chasida “MAN” rusumli yuk avtomobilini boshqarib borgan 37 yoshli haydovchi svetaforning yashil chirog`ida harakatlanish barobarida yo`lovchini bosib ketgan edi. Dastlabki xabarga ko`ra, YTH natijasida vafot etgan fuqaro shaxsiga aniqlik kiritilayotgan edi.
IIV YHXBB ushbu qurbon bo`lgan yo`lovchining shaxsi haqida ma`lumot berdi.
Keltirilishicha, 2020 yil 20 oktyabr kuni soat 10:00 larda Sergeli tumani Yangi Qo`yliq ko`chasi “Davr bank” binosi qarshisida 1983 yilda tug`ilgan A.A ismli haydovchi “MAN” rusumli yuk transport vositasini boshqarib kelib svetaforning ta`qiqlovchi qizil chirog`ida to`xtab, yashil chiroq yonishi bilan yana harakatini davom ettirayotganida 1961 yilda tug`ilgan M.Yu ismli piyoda qatnov qismining belgilanmagan joyidan, yuk avtomashinasining old o`ng tomonidan kesib o`tayotgan vaqtida “MAN” rusumli avtomashina haydovchisi piyodani ko`rmay qolib bosib ketgan.
Natijada 59 yoshli piyoda olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.
Hozirda maskur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.






