AsosiyJamiyat

Dehqonobodlik tadbirkor Qarshi aholisini arzon go`sht bilan ta`minlashga va`da berdi. Zoyir Mirzaev esa bunga javoban tadbirkorga 1 mlrd so`m foizsiz kredit berishga qaror qildi

'Dehqonobodlik tadbirkor Qarshi aholisini arzon go`sht bilan ta`minlashga va`da berdi. Zoyir Mirzaev esa bunga javoban tadbirkorga 1 mlrd so`m foizsiz kredit berishga qaror qildi'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, kecha, 20 oktyabr kuni Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati kengashining navbatdagi sessiyasi bo`lib o`tdi. Unda oziq-ovqat mahsulotlarining narxi va etkazib berilishidagi muammolar haqida so`z yuritildi.

Dehqonobodlik tadbirkor Qarshi aholisini arzon go`sht bilan ta`minlashga va`da berdi. Yig`ilishda ishtirok etgan "Darakchi"ning viloyatdagi muxbiri Shavkat Aminovning xabar berishicha, buning uchun tadbirkor viloyatga 55 ming so`mdan chetdan go`sht olib kelishni taklif qilgan. Zoyir Mirzaev esa bu tashabbusni olqishlab, tadbirkorga 1 mlrd so`m foizsiz kredit berishga qaror qildi. 

Chiroqchilik tadbirkor ham Belorussiyadan go`sht importini amalga oshirishni, aholiga 53 ming so`mdan go`sht sotishni taklif kildi. Shuningdek, viloyatda tuxum narxini 870 so`mdan, tovuq go`shtini 16500 so`mdan sotish bo`yicha takliflar bildirildi va bu takliflar ma`qullandi

Shuningdek, viloyat hokimi bozorlardagi narx-navoga to`xtalib, narxni tushirish yuzasidan boshqa viloyat tadbirkorlarining takliflarini ham ma`lum qildi.

Yig`ilishda viloyat hokimi chorvachilik uchun berilayotgan milliardlab kreditlar natija bermayotganini tanqid qilib, vijdonli tadbirkorlar arzonlashtirilgan go`sht etkazib bermasa, viloyatda go`sht narxi 100 ming so`mga chiqib ketishi mumkinligini bildirgan. 

Mavzuga doir:

"Koson, Chiroqchi va G`uzor hokimliklariga rahmat!" Zoyir Mirzaev ishtirokida muhim masala ko`rilmoqda 

Qashqadaryo aholisining oziq-ovqat iste`moli statistikasi e`lon qilindi

    Boshqa yangiliklar