“Aloqabank” aksiyadorlik tijorat banki Uzcard dasturi va my.uzcard.uz shaxsiy kabineti orqali bir plastik kartadan ikkinchisiga pul o`tkazish xizmati(P2P)ni ishga tushirdi. Bu haqda bank saytida ma`lumot berildi.
Xizmatdan “Alobank”ning my.uzcard.uz shaxsiy kabinetidagi mijozlari foydalanishi mumkin.
Foydalanuvchilar oddiy pul o`tkazish shaklini to`ldirishi, ya`ni pul o`tkazilayotgan kartaning raqami o`tkaziladigan summani kiritishi kifoya. Xizmat haqi sifatida har bir o`tkazilagan pulning umumiy miqdoridan 2 foiz ushlab qolinadi. Mazkur xizmat bo`yicha bir oy ichida ko`pi bilan 1 million so`m o`tkazilishi mumkin. Hozircha xizmatdan faqatgina “Aloqabank” mijozlari foydalanishi mumkin.





