AsosiyDunyo

Qirg`izistonda parlamentga qayta saylovlar kuni ma`lum qilindi

'Qirg`izistonda parlamentga qayta saylovlar kuni ma`lum qilindi'ning rasmi

Qirg`iziston MSK takroriy parlament saylovlari o`tkazilish sanasini ma`lum qildi. Qayta saylovlar 20 dekabr kuni bo`lib o`tadi. Bu haqda 24.kg nashri axborotiga tayanib rbs.ru ma`lum qildi.

Sal avval mamlakat Markaziy savlov komissiyasida prezident saylovlari 2021 yilning 17 yanvarida bo`lib o`tishi bildirilgan edi. Bo`lib o`tgan dastlabki parlament saylovlari natijalari esa oktyabr oyidagi ommaviy tartibsizliklar va namoyishlardan so`ng rasman bekor qilingan.

Qirg`iziston Markaziy saylov komissiyasi bugun – 21 oktyabrda mamlakat Yuqori Kengashiga takroriy saylovlar (Parlamentga) 2020 yilning 20 dekabrida bo`lishini e`lon qildi. 

    Boshqa yangiliklar