AsosiyJamiyat

Andijon viloyatining yana bir tumaniga hokim tayinlandi

'Andijon viloyatining yana bir tumaniga hokim tayinlandi'ning rasmi

Bugun ertalab, Xalq deputatlari Oltinko`l tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Andijon viloyati Oltinko`l tumani hokimi lavozimiga Matruziev Iqbolbek Xasanboevich tayinlanganligi haqida xabar bergan edik.

Xalq deputatlari Xonobod shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida esa Andijon viloyati Xonobod shahar hokimi lavozimiga Tajibaev Mash`al Xurmamatovich tayinlandi. Bu haqda Andijon viloyati hokimligi xabar berdi.

Tajibaev Mash`al Xurmamatovich 1984 yilda Andijon shahrida tug`ilgan.  

2007 yilda Toshkent arxitektura qurilish institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2003 yili Andijon pudrat savdolarini tashkil etish va o`tkazish Andijon viloyat boshqarmasi mutaxassisi vazifasidan boshlagan.

2004-2010 yillarda Qurilishda tanlov savdolari va narxlarni shakllantirish hududiy konsalting markazi etakchi mutaxassisi, bo`lim boshlig`i, bosh mutaxassis, tanlov savdolarini tashkil etish bo`limi boshlig`i, markazi etakchi mutaxassisi bo`lgan.

Tayinlovga qadar Tajibaev Mash`al Xurmamatovich, Andijon viloyati uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish boshqarmasi boshlig`i lavozimida faoliyat yuritgan.

Eslatib o`tamiz Xonobod shaharining avvalgi hokimi Musaxon Mamadaliev joriy yilning sentyabrida pnevmoniya sabab vafot etgan edi. 

 

    Boshqa yangiliklar