AsosiyJamiyat

Qonun barcha uchun barobar bo`lishi kerak — Saida Mirziyoeva jurnalistning kaltaklangani haqida

'Qonun barcha uchun barobar bo`lishi kerak — Saida Mirziyoeva jurnalistning kaltaklangani haqida'ning rasmi

 Bugun jurnalist Alisher Ro`zioxunov 22 dan 23 oktyabrga o`tar kechasi ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan kaltaklanganligi xaqida xabar qilingan edi. 

Mass-media fondi Vasiylik kengashi raisi o`rinbosari Saida Mirziyoeva holat yuzasidan o`z munosabatini bildirdi:

" - Albatta qonun barcha uchun barobar bo`lishi kerak. Xoh u oddiy fuqaro yoki jurnalist bo`lsin, lekin xizmat vazifasidagi xodimlar odamlarga qo`l ko`tarishiga qarshimiz. Jurnalistlarni biz har qanday holatda ham himoya qilamiz," - deyladi munosabatda.

Eslatib o`tamiz,  Toshkent shahar IIBB jurnalistning kaltaklangani yuzasidan rasmiy munosabat bildirgan edi.

Milliy mass-mediani qo`llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov ham telegramdagi kanalida ushbu voqeaga fikr bildirdi. 

    Boshqa yangiliklar