1

Mashina o`g`risi Chirchiqda ushlandi

Jinoyat 25.10.2020, 21:21
Mashina o`g`risi Chirchiqda ushlandi

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida yashovchi P. N. “Kobalt” rusumli ulovini yuvdirish maqsadida Tolimarjon ko`chasida joylashgan avtomashinalar yuvish shoxobchasida qoldirgandi. Oradan biroz vaqt o`tib, P. N. mashinasi qo`ygan joyida yo`qligini payqadi. Mashina yuvayotganlardan biri haydagandir, degan o`yda yon-atrofga qaradi. Lekin ulov ko`rinmasdi. Shundan keyin ishchilardan biri mashinani notanish kishi minib ketganligini aytib qoldi.

Jabrlanuvchining murojaatidan so`ng, ichki ishlar organi xodimlari zarur choralarni ko`rishdi. Olib qochilgan mashina belgilari bo`yicha qidiruv boshlandi.

Ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Surxondaryo viloyati Qumqo`rg`on tumanida yashovchi, 2002 yilda tug`ilgan V.P. sodir etganligi aniqlandi. “Shavvoz” o`g`irlangan avotomashinani Toshkent viloyati Chirchiq shahar hududida haydab ketayotganida ushlandi.

Ayni paytda holat yuzasidan tergov davom etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1