AsosiyJamiyat

Qo`rg`ontepada alimentdan qarzdor ota farzandi uchun 15 mln. so`m to`ladi

'Qo`rg`ontepada alimentdan qarzdor ota farzandi uchun 15 mln. so`m to`ladi'ning rasmi

Qo`rg`ontepada alimentdan qarzdor ota farzandi uchun 15 mln. so`m to`ladi.Bu haqda MIB Andijon viloyati boshqarmasi xabar berdi.

Fuqarolik ishlari bo`yicha Xo`jaobod tumanlararo sudining 03.09.2012 yildagi sud buyrug`iga asosan qarzdor J.Qaxorovdan undiruvchi G.Dehqonova foydasiga ikki nafar farzandining moddiy ta`minoti uchun har oy topgan daromadining 1/3 qismi miqdorida aliment undirish  ko`rsatilgan.  

Majburiy ijro byurosi Qo`rg`ontepa tuman bo`limi xodimlari ish yurituvidagi mazkur ijro hujjati yuzasidan olib borgan ijro harakatlari hamda tushuntirish ishlari natijasida qarzdor J.Qaxorov 15 mln. so`m aliment pullarini to`ladi hamda taraflar kelishganligi sababli ijro ishi tamomlandi.

Shuningdek, taraflar kelishganligi sababli ijro ishi tamomlandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar