Chivinlar COVID-19 infeksiyasini tarqatuvchilari bo`lishi mumkinmi? Bugun AOKAda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Barno Abdusamatova ishtirokida brifing o`tkazildi. Brifingda aholidan kelgan muhim savollar yuzasidan javob qaytarildi. Chivinlar COVID-19 infeksiyasini tarqatuvchilari bo`lib hisoblanadimi? — Chivinlar va boshqa xashoratlarni COVID 19 virusli patogenini yuqtirishga qodir ekanligiga oid biron bir dalil yoki ma`lumotlar mavjud emas. COVID 19 virusi asosan havo-tomchi yo`li orqali tarqalib, ular bemor yo`talganda, aksirganda yoki gaplashganda yuqishi mumkin. Bundan tashqari zararlangan, ifloslangan yuzalarni ushlab undan so`ng qo`llarni yuvmasdan ko`z, burun yoki og`izga tekkazganimizda yuqishi mumkin. Qo`l yuvib, niqob taqib, masofa ushlansa, virus organizmga juda oz tushadi. Kasallik yuqqan taqdirda ham virusning dozasi tanaga oz miqdorda kiradi. |
27.10.2020 21:28
Chivinlar COVID-19 infeksiyasini tarqatuvchilari bo`lishi mumkinmi?
