AOKA direktori Asadjon Xodjaev o`zining "Feysbuk"dagi sahifasida ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini taqiqlangan materiallarni tarqatish qonunchilikka muvofiq javobgarchilikni keltirib chiqarishi haqida ogohlantirdi. Gap shundaki, shu kunlarda internetda ayrim foydalanuvchilar tomonidan provakasion materiallar, foto va videolar faol tarqatilyapti. Biroq bunday materiallarni tarqatayotganlarning ko`pchiligi uni tarqatganlik uchun ham javobgarlik borligidan bexabar bo`lishi mumkin. Shu o`rinda yurtimizda faoliyat ko`rsatayotgan barcha OAV vakillari, jurnalistlar hamda blogerlarni imkon qadar bunday provokasiyalardan uzoqroq bo`lishga, so`z mas`uliyati va javobgarligini his qilishga chorlab qolaman. Avvalroq IIV radikal, diniy ekstremistik g`oyalar targ`iboti ko`paygani yuzasidan ogohlantirish bilan chiqqani haqida xabar berilgan edi. |
29.10.2020 12:45
Asadjon Xodjaev jurnalist va blogerlarni provokasiyalardan uzoqroq bo`lishga chaqirmoqda






