1

40 ming AQSh dollari pora olgan jamiyat rahbari qo`lga tushdi

Jinoyat 29.10.2020, 21:34
40 ming AQSh dollari pora olgan jamiyat rahbari qo`lga tushdi

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Xorazm viloyati boshqarmasi va davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida er savdosi bilan bog`liq yana bir jinoiy harakatga chek qo`yildi.

Urganch tumanida faoliyat yurituvchi MChJ rahbari shu tumanda yashovchi 1990 yilda tug`ilgan fuqaroning ishonchiga kirib, jamiyatga chorvachilik uchun ajratilgan er maydonidan 3 gektarini Urganch tumani hokimligi zaxirasiga qaytarib, uning nomiga rasmiylashtirib berishini va`da qiladi.

Jamiyat rahbari ish tez va muammosiz xal bo`lishi evaziga fuqarodan naqt 40 ming AQSh dollarini talab qiladi.

O`z haq huquqini yaxshi bilgan urganchlik fuqaro ushbu firibgarlik holati yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ariza bilan murojaat qiladi. Unga asosan o`tkazilgan tezkor tadbirda jamiyat rahbari fuqarodan 3 gektar er maydoni evaziga talab qilgan 40 ming AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Holat yuzasidan jamiyat rahbariga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Endi bir savol o`ylantiradi. Nahotki, fuqarolar er maydoni ajratishda yoki uy-joy qilishda qonunni chetlab o`tib, tinch hayotini jinoyat manziliga almashtirsa. Noqonuniy daromad orttirishni ko`zlab qing`ir yo`l bilan noto`g`ri manzil sari otganlangan ushbu fukaro endilikda qonun oldida javob beradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1