1

"Kontakt qo`shing va yutuqlardan biriga ega bo`ling" aksiyasi o`g`irligi fosh etildi

Jinoyat 30.10.2020, 08:32
"Kontakt qo`shing va yutuqlardan biriga ega bo`ling" aksiyasi o`g`irligi fosh etildi

2020 yilning 13 oktyabr kuni G`ijduvon tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga "Buktaroy" mahallasi Bobog`ozi qishlog`ida yashovchi, 2000 yilda tug`ilgan Navoiy Davlat Pedagogika instituti 2-bosqich talabasi G.S ariza bilan murojaat qildi, deya xabar bermoqda Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati.

 U arizasida noma`lum shaxs  2020 yil 11 oktyabr kuni soat 19:30 larda uning “Telegram” ijtimoiy tarmog`idagi shaxsiy sahifasini  "HAMKOR BANK" nomli guruhga qo`shib, ushbu guruhda "Kontakt qo`shing va  yutuqlardan biriga ega bo`ling" aksiyasida ishtirok etishni, uyali aloqa telefonidagi kontaktlarni mazkur guruhga qo`shib, yutuqlardan biriga ega bo`lishi mumkinligini, yutuqlar va vaqt chegaralanganligini bildirgan.

Shundan so`ng jabrlanuvchi G.S telefon kontaktlarini mazkur guruhga qo`shganidan so`ng va`da qilingan yutuqlardan biriga ega bo`lish uchun, guruh administratorining shaxsiy sahifasiga o`zining plastik kartasini rasmga tushirib tashlab bergan.

Natijada noma`lum shaxs tomonidan G.S plastik kartasi hisobida bo`lgan 2.793.900 so`m pullarini echib olib, unga moddiy zarar etkazgan holda ijtimoiy tarmoq orqali o`g`irlik jinoyatini sodir qilgan.

Mazkur holat yuzasidan G`ijduvon tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o`g`irlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilgan.

Jinoyat ishi yuzasidan olib borilgan tezkor surishtiruv va tergov harakatlari davomida mazkur jinoyatni Farg`ona viloyati Qo`qon shahri Chashma ko`chasida istiqomat qiluvchi 2002 yilda tug`ilgan Sh.N. sodir qilganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar hujjatlashtirib olingan. 

Hozirgi kunda Sh.N.ga nisbatan dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1