1

Shahrisabzda 21 yoshli yigit 170 ming so`m qarzini bermagani uchun tanishini pichoqlab o`ldirdi

Jinoyat 30.10.2020, 16:05
Shahrisabzda 21 yoshli yigit 170 ming so`m qarzini bermagani uchun tanishini pichoqlab o`ldirdi

Qashqadaryo viloyatida 27 oktyabr kuni soat 22:00 da fuqaro 21 yoshli Z.I., Shahrisabz tumani “O`rtaqo`rg`on” qishlog`ida yashovchi qarindoshi 24 yoshli J.Edan 170.000 so`m qarzini so`rab, u bilan janjallashib qoladi.  IIV huzuridagi Tergov departamentining ma`lum qilishicha, qarindoshi J.E.,ga oshxona pichog`i bilan turli ko`rinishdagi tan jarohatlari etkazgan.

Fuqaro J.E., ota-onasi Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasiga olib borilgan. Ammo J.E., olgan tan jarohatlari oqibatida tashqi qon ketishi, o`tkir yurak qon tomir va nafas etishmovchiligidan shifoxonada vafot etgan.

Hodisa sodir bo`lgan joyni ko`zdan kechirish jarayonida, bir dona yog`och dastali uzunligi 11 sm., tig`ining uzunligi 14 sm. bo`lgan oshxona pichog`i va qonga o`xshash dog`lar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan Z.I.,ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (qasddan badanga og`ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Z.I., esa prosessual tartibda ushlangan.

Hozirda jinoyat ishi bo`yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1