1

Turkiya zilzilasida halok bo`lganlar va jabrlanganlar haqida ma`lumot berildi

Dunyo 31.10.2020, 07:34
Turkiya zilzilasida halok bo`lganlar va jabrlanganlar haqida ma`lumot berildi

So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, Turkiyaning g`arbiy qismidagi Izmir viloyatida sodir bo`lgan yirik zilzila 17 kishini hayotdan olib ketdi va yana 709 kishini jarohatladi. Bu haqda mamlakat hukumati huzuridagi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish departamentida aytib o`tilgan. Bu haqda rg.ru yozmoqda.

Vazirlik shuningdek, ular zilziladan keyin 196 ta silkinishni qayd etganini, ularning 23 tasining kuchi 4,0 dan yuqori bo`lganini ta`kidladi.

O`z navbatida, sog`liqni saqlash sohasidagi Favqulodda vaziyatlarni muvofiqlashtirish markazi 16 kishi vayronalar ostida qolganligini aniqladi. Bundan tashqari, keksa ayol cho`kib ketdi. Gap shundaki, Seferixisardan 17 kilometr uzoqlikda, soat 14:51 da sodir bo`lgan zilziladan taxminan 10 daqiqa o`tgach, Sigajik va Akardja hududlarining qirg`oq qismi suv ostida qoldi, deb yozadi Anadolu agentligi.

2100 kishi, 15 ta maxsus o`rgatilgan it va 350 ta transport vositasi Izmirga qidiruv-qutqaruv operasiyasi uchun yuborilgan. Izmir gubernatori Yavuz Selim Koshgerning so`zlariga ko`ra, 70 dan ortiq odam vayronalar ostidan qutqarilgan.

Avvalroq zilzila manbai 16,5 km chuqurlikda joylashganligi haqida xabar berilgan edi. Zilzila taxminan 15 soniya davom etgan va Turkiyaning g`arbiy qismidagi ko`plab viloyatlarda sezilgan.

Eslatib o`tamiz, 2020 yil 30 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 19.30 holatiga ko`ra Turkiyaning g`arbiy qismida sodir bo`lgan kuchli zilzila natijasida halok bo`lgan va jarohat olganlar orasida O`zbekiston fuqarolari qayd etilmagan.

Mavzuga doir:

Kamida 20 ta bino vayron bo`ldi: Turkiya zilzilasi lavhalarda (video)

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1