1

Turkiya: qurbonlar va jabrlanganlar soni oshdi. Samos orolida bolalar halok bo`ldi

Dunyo 31.10.2020, 12:01
Turkiya: qurbonlar va jabrlanganlar soni oshdi. Samos orolida bolalar halok bo`ldi

Turkiyaning g`arbiy qismida sodir bo`lgan zilzila natijasida 24 kishi halok bo`ldi, yaradorlar - 804 kishi, shundan 743 nafari - Izmirda, besh nafari - Manisada, ikkitasi - Balikesirda va 54 nafari - Oydin shahrida, deya xabar bermoqda iz.ru

Qutqaruvchilarning so`zlariga ko`ra, qurbonlardan biri cho`kib ketgan.  Izmirda vayron qilingan 17 binoning to`rttasida qidiruv-qutqaruv ishlari yakunlangan. Yana 13 ta bino demontaj qilinmoqda.

Qayd etilishicha, zilziladan keyin 296 ta aftershok (takroriy) qayd etildi, ularning 27 tasi 4 balldan kuchliroq edi.

Zilzila natijasida bir necha o`nlab binolar zarar ko`rdi. Qidiruv-qutqaruv ishlariga 4 mingga yaqin favqulodda xodimlar jalb qilingan.

Zilzila Gresiyada ham sezildi - Samos orolida ikki bola halok bo`ldi, 20 kishi jarohat oldi, deb yozadi RIA Novosti.

Erdo`g`an, turli xil qarama-qarshiliklarga qaramay, ofat oldida Anqara va Afinaning birdamligi juda qadrli ekanligini ta`kidladi, deyilgan xabarda.

Eslatib o`tamiz, 2020 yil 30 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 19.30 holatiga ko`ra Turkiyaning g`arbiy qismida sodir bo`lgan kuchli zilzila natijasida halok bo`lgan va jarohat olganlar orasida O`zbekiston fuqarolari qayd etilmagan. O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev zilzila oqibatida insonlar qurbon bo`lgani, ko`plab fuqarolar jarohat olgani hamda katta talafot ko`rilgani munosabati bilan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog`anga ta`ziya yo`lladi.

Mavzuga doir:

Kamida 20 ta bino vayron bo`ldi: Turkiya zilzilasi lavhalarda (video)

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1