1

Surxondaryoda 25 yoshli yigit 11 yoshli qishloqdoshini zo`rladi. Bolaning onasi bilan janjallashib qolgan shaxs bunga ko`rsatma bergan

Jinoyat 01.11.2020, 14:53
Surxondaryoda 25 yoshli yigit 11 yoshli qishloqdoshini zo`rladi. Bolaning onasi bilan janjallashib qolgan shaxs bunga ko`rsatma bergan

Surxondaryoda 25 yoshli shaxs  3-sinfda o`qiydigan qishloqdoshini zo`rladi. Bu haqda Sputnik nashri xabar qildi

Ma`lum bo`lishicha, hodisa iyun oyida sodir bo`lgan. 25 yoshli yigit Sho`rchi tumanida yashovchi qishloqdoshi 11 yoshli bolani maktab hojatxonasiga olib borib, zo`rlagan. Bola hodisadan so`ng uyiga yig`lab borgan va unda zo`rlash alomatlari bo`lgan. Bola darhol shifoxonaga olib borilgan. Lekin u erda olib qolinmagan. Keyinchalik bola o`tira olmaydigan bo`lib qolgan va bir oyog`i oqsab, umurtqa qismi og`riydigan bo`lib qolgan. 

Manbada, voqeaga o`quvchining onasi va u bilan bir qishloqda yashovchi erkak o`rtasidagi maishiy janjal sabab bo`lgan bo`lishi mumkinligi aytilmoqda.

Voqea sodir bo`lishidan bir oy avval 25 yoshli yigitning qarindoshi bolaning onasi bilan janjallashgan va o`shanda erkak ayolga sharmanda qilib, yuzini erga qaratib qo`yish bilan dag`dag`a qilgan. Ayol yolg`iz holda bolasini tarbiyalab kelgan. 

Holat yuzasidan sud bo`lib o`tgan va uning qaroriga ko`ra yigit 7 yilga ozodlikdan mahrum qilingan. Ona ushbu qarordan norozi ekanini, yigit qamoqdan erta chiqib kelsa ularga yana zug`um qilishi mumkinligidan havotirda ekanini aytmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1