AsosiyDunyo

Istanbuldagi universitet kasalxonasida portlash bo`ldi (video)

'Istanbuldagi universitet kasalxonasida portlash bo`ldi (video)'ning rasmi

Yakshanba kuni Istanbul Universiteti Tibbiyot maktabi kasalxonasida yong`in sodir bo`ldi va portlash eshitildi, deb xabar berdi Haberler.com, deb yozmoqda Izvestiya nashri.

Yong`in soat 14:50 da Istanbul universiteti Kapa tibbiyot fakulteti talabalar shaharchasida yuz bergan. Voqea joyiga o`t o`chiruvchilar yuborilgan.

Istanbul gubernatorining so`zlariga ko`ra, yong`in voqea o`t o`chiruvchilar tomonidan nazoratga olingan.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, yong`in bino tomida qurilish materiallari yoqilishi natijasida sodir bo`lgan. Voqea joyida zarur xavfsizlik choralari ko`rildi. Tergov boshlandi, deyiladi xabarda. 

Eslatib o`tamiz, 20 oktyabr kuni Turkiyaning g`arbiy qismida, xususan Izmirda qariyb 7 ballga teng bo`lgan qattiq zilzila sodir bo`ldi.

2020 yil 30 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 19.30 holatiga ko`ra Turkiyaning g`arbiy qismida sodir bo`lgan kuchli zilzila natijasida halok bo`lgan va jarohat olganlar orasida O`zbekiston fuqarolari qayd etilmagan. O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev zilzila oqibatida insonlar qurbon bo`lgani, ko`plab fuqarolar jarohat olgani hamda katta talafot ko`rilgani munosabati bilan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog`anga ta`ziya yo`lladi.

Mavzuga doir:

Kamida 20 ta bino vayron bo`ldi: Turkiya zilzilasi lavhalarda (video)

    Boshqa yangiliklar