1

Buxoroda qo`shnisining uyidan 8,5 million so`mlik buyumlarni o`margan 17 yoshli qiz qo`lga tushdi

Jinoyat 02.11.2020, 16:55
Buxoroda qo`shnisining uyidan 8,5 million so`mlik buyumlarni o`margan 17 yoshli qiz qo`lga tushdi

 20 oktyabr kuni Buxoro shahar Piridastgir ko`chasida yashovchi, 1980 yilda tug`ilgan N.N. Buxoro IIB murojaat qilib, shu kuni taxminan soat 20:00 larda uyidan umumiy bahosi 8.500.000 (sakkiz million besh yuz ming) so`mlik, bir dona “SAMSUNG J 7” va bir dona “SAMSUNG J 6” rusumli telefon apparatlari, bir dona “TASHIBA” rusumli noutbuk, bir dona “Artel” rusumli planshet, shisha vazalar, turli xildagi oshxona anjomlari va kiyim-kechaklarni o`g`irlab ketganligini aytgan. Bu haqda Buxoro viloyati IIB xabar berdi. 

Mazkur holat bo`yicha voqea joyiga chiqqan tezkor-tergov guruhi tomonidan o`g`irlik hodisasi yuz berganligi aniqlanib, O`zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi (o`g`irlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan va dastlabki tergov harakatlari olib borilgan.

Jinoyat ishi bo`yicha olib borilgan tezkor surishtiruv va tergov harakatlari jarayonida hududiy profilaktika inspektori tomonidan jinoyatni sodir qilgan shaxs ashyoviy dalillar bilan qo`lga olingan.

Aniqlanishicha mazkur jinoyatni jabrlanuvchining qo`shnisi 2003 yilda tug`ilgan 17 yoshli qiz T.S.sodir qilgan.

Hozirgi kunda jinoyat ishida gumon qilinuvchi T.S. ga nisbatan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1