AsosiySport

Toshkentda dzyudo bo`yicha xalqaro qo`shma o`quv-mashg`ulot yig`ini o`tkaziladi

'Toshkentda dzyudo bo`yicha xalqaro qo`shma o`quv-mashg`ulot yig`ini o`tkaziladi'ning rasmi

4-24 noyabr kunlari poytaxtimizda dzyudo bo`yicha beshta davlat terma jamoalari ishtirokida xalqaro qo`shma o`quv-mashg`ulot yig`ini o`tkaziladi. Ushbu yig`inda yurtimiz dzyudochilari bilan birga Gruziya, Fransiya, Qirg`iziston va Misr terma jamoalari a`zolari ishtirok etadi.

Jumladan, Gruziya va Qirg`iziston terma jamoalarining yurtimizga keladigan tarkibi rasman ma`lum bo`ldi. Toshkentga kelayotgan Gruziya terma jamoasining 5 a`zosidan 4 nafari hozirda Tokio Olimpiadasi reytingining yo`llanmalar zonasida borayotgani diqqatga sazovor.

Gruziya terma jamoasi tarkibi:
-60 kg: Lukxumi Chkvimiani (reytingdagi o`rni 9, 3586 ochko)
-81 kg: Zebeda Rexviashvili (reytingdagi o`rni 98, 323 ochko)
-100 kg: Varlan Liparteliani (reytingdagi o`rni 5, 4796 ochko)
+100 kg: Guram Tushishvili (reytingdagi o`rni 4, 5125 ochko)
+100 kg: Levani Matiashvili (reytingdagi o`rni 23, 2038 ochko)

Qirg`iziston terma jamoasi tarkibi:
-60 kg: Otar Bestaev (reytingdagi o`rni 70, 467 ochko)
-81 kg: Vladimir Zoloev (reytingdagi o`rni 35, 1512 ochko)
-90 kg: Erlan Sherov (reytingdagi o`rni 53, 794 ochko)
+100 kg: Yuriy Krakoveski (reytingdagi o`rni 27, 1829 ochko)

Shu munosabat bilan Milliy olimpiya qo`mitasi O`zbekiston dzyudo federasiyasi bilan hamkorlikda yig`inda ishtirok etadigan terma jamoalarning etakchi vakillari va jurnalistlar ishtirokida matbuot anjumani o`tkazishni rejalashtirgan. Tadbirning aniq sanasi haqida qo`shimcha ma`lumot beriladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar