Toshkentda kompyuterlashtirilgan yo`l harakati xavfsizligi tizimi boshqaruvi yo`llarda YPX inspektorlari soniga qanday ta`sir qilishi haqida IIV Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi vakili Alisher Sattorov ma`lumot berdi.
Toshkent shahrida YHX Bosh boshqarmasi tomonidan shahar ko`chalarida xizmatni o`tovchi shtat tarkibiga o`zgartirishlar kiritilgan, bu esa patrul xodimlarining deyarli sezilmaydigan darajadagi qisqarishiga olib keladi.
Bugungi kunda ushbu tizim poytaxtimizning 100 ortiq chorrahasida ish boshlagan. U harakat paytidagi qoidabuzarliklarni aniqlash hamda oldini olish maqsadida joriy etilmoqda.
«Biz zamonaviy intellektual tizim yaratyapmiz, uni boshqarish uchun esa yuqori malakali mutaxassislar kerak. Shu sababli biz ma`lum tarkibni bo`shatib, ushbu tizim boshqaruvini ta`minlaydigan yosh xodimlarni ishga olyapmiz. Ammo ish o`rinlarini qisqarishi ko`zda tutilmayapti», – deydi Sattorov.
Uning so`zlariga ko`ra, bugun Toshkentda 400 ta boshqaruvdagi chorraha mavjud, ammo ularning umumiy soni 7 mingdan ortiqni tashkil qiladi, deya xabar beradi UT.
«Kuzatuv tizimi joriy etilmagan ko`chalarda harakat xavfsizligini ta`minlash uchun xodimlarga ish etarli», – ta`kidladi Sattorov.





