Samarqand viloyati Payariq tumanida Damas avtomashinasi yo`ldan o`tayotgan piyodani urib yuboradi, deya xabar bermoqda viloyati IIB YHXB. Qayd etilishicha, 2020 yilning 1 noyabr kuni Payariq tumani 4R-48 avtomobil yo`lining 24-kilometrida Damas avtomobili tezlikni oshirishi natijasida yo`lning belgilanmagan qismidan kesib o`tayotgan mast piyodani urib yuborgan. Oqibatda piyoda olgan tan-jarohatlari natijasida voqea joyida halok bo`lgan. Voqea sodir bo`lgan joyga etib kelgan mas`ullar yo`lning holati va piyodalarning o`tishiga yaratilgan sharoitni o`rgangan. Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda | |
04.11.2020 20:27
Samarqandda Damas yo`lni kesib o`tayotgan mast piyodani urib ketdi
