1

Buxoroda xotinini o`z-o`zini o`ldirish darajasiga etkazgan er ozodlikdan mahrum qilindi

Jinoyat 05.11.2020, 10:27
Teglar: Buxoro
Buxoroda xotinini o`z-o`zini o`ldirish darajasiga etkazgan er ozodlikdan mahrum qilindi

Buxoro viloyatida olti yil davomida turmush o`rtog`ining sha`ni va qadr-qimmatini kamsitib, uni doimiy do`pposlab kelgan va o`zini o`zi o`ldirish darajasiga etkazgan fuqaro etti yil-u olti oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi, deya yozmoqda "Daryo.uz".

Holatga ko`ra, hech qaerda ishlamaydigan 30 yoshli fuqaro Ravshan Farmonov (ism-familiyalar o`zgartirilgan) turmush o`rtog`i 25 yoshli Farog`at Navro`zova bilan olti yil yashab, unga nisbatan shafqatsiz muomalada bo`lib kelgan. U ikki nafar farzandini ham ijtimoiy jihatdan ta`minlamasdan, ularning qiynalib, och-nahor yashab kelishiga sababchi bo`lgan. Ham jismonan, ham ruhan azob chekib, muttasil kaltak va tepkilar oqibatida odamovi bo`lib qolgan Farog`at «Do`stlik» MFY raisi Ulug`bek Abdullaevga murojaat qilgan. Ravshan esa mahalla fuqarolar yig`inida berilgan tanbeh va nasihatlardan tegishli xulosa chiqarmay, battar jazavaga tushgan. Xotini va farzandlariga yashash uyidagi umumiy foydalanishda bo`lgan oshxona va hammomdan foydalanishni taqiqlagan. Etmagandek, ovqat pishirishi uchun oshxonadan foydalanishiga ham to`sqinlik qilgan.

Erining qilmishlari etmagandek, Farog`atga qaynonasi Nasiba Hamroeva va qaynopasi Feruza ham zo`ravonlik qilgan. Uni va qizlarini arzimas narsalar uchun kamsitib, xo`rlab kelgan.

Farzandlari bilan nochor ahvolga tushib qolgan Farog`at Fuqarolik ishlari bo`yicha Qorako`l tumanlararo sudi orqali bolalari ta`minoti uchun aliment undirib berish haqida ariza yozgan. Bu esa uning turmush o`rtog`i Ravshanga yoqmagan va yashash xonadonidagi umumiy foydalanishda bo`lgan hammomda cho`milayotgan xotinini yalang`och holda hovliga sudrab chiqarib, ayollik g`ururi va nafsoniyatini poymol qilgan. Ayovsiz kaltaklab, haqorat qilib, tanasining turli qismlariga qo`li bilan urib, do`pposlab, uning o`ng ko`z yuqori va pastki qovoq sohasiga, o`ng elka va o`ng son sohasiga qasddan tan jarohati etkazgan. Bu Qorako`l tuman Ma`muriy sudida ham tasdiqlangan.

Oradan bir necha kun o`tar-o`tmas R.Farmonov o`zining jinoiy harakatlarini yana davom ettirgan va turmush o`rtog`i F.Navro`zova bilan sababsiz janjal ko`targan. Uni urib-do`pposlab, o`ng qo`l birinchi barmoq asos falangasi, bosh peshona o`ng tomoniga tan jarohati etkazgan.

Oxir-oqibat, turmushi do`zaxga aylanib borayotgan Farog`at yashash uyi tandirxonasida sirtmoq yasab, bo`yin sohasidan o`zini o`zi osgan va hodisa joyida vafot etgan.

Tergov-surishtiruv jarayonlarida sudlanuvchi R.Farmonov xotinini urmagani va kaltaklamagani haqida yolg`on ko`rsatma bergan. Biroq sud-ekspertiza xulosasidagi qaydlar Ravshanning yolg`on ko`rsatmalarini rad etgan. Ekspertiza xulosasiga ko`ra, marhumaning bo`yin sohasida tiriklik vaqtida hosil bo`lgan egat ko`rinishidagi sirtmoq izi borligi, ko`z konyuktivasida (ko`z oq sohasi) nuqtasimon qon quyilishlar, taloq kam qonligi hamda ichki a`zolar, ya`ni jigar, buyrak, yurak, o`pkalarda to`q qizil suyuq qon bilan to`lganligi, bosh miya shishi tasdiqlab turganligi, o`ng qo`l birinchi barmoq asos falangasi orqasidagi qontalash va shilinmasi qattiq o`tmas jism ta`sirida yuzaga kelgani aniqlangan. Ushbu jarohatlar marhumaning o`limidan oldin 5 soatdan ko`p bo`lmagan vaqtga to`g`ri kelishi, ushbu jarohat marhumaning o`limi bilan bog`liq emasligini, o`ng yonoq sohasida shilinma va chap tizza bo`g`imi sohasida shilinmasi marhumaning o`limidan keyin hosil bo`lgan bo`lib, qattiq o`tmas jism ta`siridan yuzaga kelganini tasdiqlagan.

Sud-tergov ishlari jarayonida R.Farmonovning xatti-harakatlari turmush o`rtog`i F.Navro`zovani o`zini o`zi osib o`ldirishiga sabab bo`lganiga oydinlik kiritilgan. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 103-moddasi 2-qismining «a» bandi (O`zini o`zi o`ldirish darajasiga etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. U shu moddaga ko`ra, 7 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingan va jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o`tashi belgilangan.

 
  

Sharhlar

Buxoroda qadimiy tangalarni chet elga olib chiqib ketmoqchi bo`lganlar ushlandi

25.04.2024, 22:46

Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining "Buxoro aeroporti" chegara bojxona posti orqali qadimiy numizmatika buyumlarini olib chiqib ketishga bo`lgan urinish bartaraf etildi. Bu haqda Buxoro viloyati Bojxona...
Buxoroda arab tilini o`rgatish bahonasida 40 nafarga yaqin odamga noqonuniy diniy ta`lim berib kelayotganligi aniqlandi

04.02.2023, 13:13

Buxoroda moddiy manfaat orttirish maqsadida tashkil etilgan markazlarda noqonuniy diniy ta`lim olish holati aniqlandi, deya xabar bermoqda viloyat IIB matbuot xizmati. Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 31...
Buxoroda katta tezlikda kelayotgan Nexia bir guruh o`quvchilarni urib ketdi. Bir bola mashina tagida qolgan (video)

24.11.2022, 10:34

Buxoroda ayanchli YTH sodir bo`ldi. Bu haqda YHXX xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, kecha, 23 noyabr kuni soat 16:30 larda Buxoro viloyati, Qorako`l tumani hududidan o`tuvchi 4R-76...
Buxoroda 29 yoshli yigit onasini pichoqlab o`ldirdi

03.10.2022, 15:55

Buxoroda o`g`il o`z onasining qotiliga aylandi. Bosh prokuratura matbuot xizmati "darakchi.uz"ga ushbu mudhish jinoyat tafsilotlarini ma`lum qildi. Aniqlanishicha, 2022 yil 28 sentyabr kuni soat 19:43 larda G`ijduvon...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1