Irlandiyaning eng yirik universitetlari xalqaro talabalar etishmayotganligidan shikoyat qilishmoqda. “Journal” yangiliklar portali xabariga ko`ra, yozgi ta`til vaqtida uylariga ketishgan minglab talabalar viza hamda boshqa byurokratik to`siqlar tufayli endilikda mamlakatga qayta olishmayapti. Ta`kidlanishicha, qiyinchiliklar, avvalo, Lotin Amerikasi hamda Osiyodan keladigan talabalarda yuzaga kelmoqda. Qayd etilishicha, ushbu holat sabab mahalliy universitetlar o`n millionlab evro yo`qotishlari mumkin. Chunki har bir chet ellik talaba bir semestr uchun taxminan o`rtacha hisobda 7 ming evro to`laydi. |
05.11.2020 10:46
Pandemiya sababli Evropadagi ayrim universitetlar talabalar etishmovchiligiga duch kelishdi
