Marg`ilon shahri. 2018 yilning dekabr oylarida Q.O`. tanishi U.O.ning ishonchiga kirib, sotmoqchi bo`lgan ”Damas” rusumli avtomashinasini 6000 AQSh dollari evaziga sotib olishga kelishib, avtomashina pullarini 2019 yilning 1 mart kuniga qadar berishini aytib, avtomashinani nomiga rasmiylashtirib, bergan va`dasini bajarmasdan ”Damas” rusumli avtomashinani aldov yo`li bilan qo`lga kiritgan.Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi. Mazkur holat yuzasidan Marg`ilon shahar IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo`lishini esdan chiqarmang. Yuqorida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish qilish bilan jazolanishi mumkin. |
05.11.2020 11:44