1

Samarqandda alam ustida qilingan xato jinoyat ishi qo`zg`atilishiga sabab bo`ldi(foto)

Jinoyat 05.11.2020, 12:03
Teglar: ​Korrupsiya, zuxriddin
Samarqandda  alam ustida qilingan xato jinoyat ishi qo`zg`atilishiga sabab bo`ldi(foto)

Samarqand viloyati. 2020 yilning 28 oktyabr kuni “Jomboy don maxsulotlari” AJ direktori Q.Sh., Jomboy tuman IIBga murojaat qilib, unda shu kuni soat 8:30 da, ushbu korxonada yuk mashina haydovchisi vazifasida ishlab kelayotgan aka-uka A.B. va N.B.,lar AJ hovlisiga kelib, N.B., va korxonaning boshqa ishchilari bilan o`zaro oldindan davom etib kelayotgan kelishmovchilik sababli tortishayotgan vaqtida, N.B.,ning akasi A.B., korxona hovlisida turgan, “Jomboy don maxsulotlari” AJga tegishli qora rangli “Traiblazer” rusumli, xizmat avtomashinasining eshigi ochiqligi va kaliti o`zida turganligidan foydalanib, avtomashinani haydovchi o`rindig`iga o`tirib, uni olib qochish maqsadida o`t oldirib, korxona hududidan boshqarib chiqib ketmoqchi bo`lganida qo`riqchilar tomonidan chiqish darvozalari berkitib qo`yilganligi sababli o`ziga bog`liq bo`lmagan holatda avtomashinani olib qocha olmay, boshqaruvni yo`qotib, korxonaning ta`mirlash ishlari olib borilayotgan qismiga to`qnashib, avtomashinaga shikast etkazib, undan tushib voqea joyidan qochib ketgan. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.


 

 Mazkur holat yuzasidan Jomboy tuman IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan A.B.,ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Hodisa sodir bo`lgan joyni ko`zdan kechirish jarayonida, mavjud video kuzatuv xotiralarida saqlangan tasvirlar “DVD” diskga yozilib, ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

“Jomboy don maxsulotlari” AJ direktori Q.Sh., janjalni ajratishda ishtirok etib, “engil” tan jarohati olgan.
 

Sud-tibbiy ekspertiza xulosasida, J.O`., va S.A., larning tanasida “engil” tan jarohatlari mavjudligi aniqlangan.
 

Dastlabki tergov jarayonida, A.B., jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda
 

 

Sharhlar

Qashqadaryoda 10 ta tibbiyot muassasasining mansabdor shaxslariga nisbatan jinoiy jazo choralari qo`llanildi

27.08.2022, 08:37

Tibbiy uskunalarni qimmat narxlarda sotib olib, budjet mablag`larini talon-toroj qilgan tibbiyot muassasalarining mansabdor shaxslariga nisbatan jinoiy jazo choralari qo`llanildi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi...
O`zbekistonda davlat xizmatchilari har qanday turdagi mukofot va sovg`a olishi taqiqlanishi kutilmoqda

10.12.2021, 09:48

“Davlat fuqarolik xizmati to`g`risida”gi qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga kiritildi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish Agentligi direktori Akmal Burxanov xabar berdi. Unda davlat fuqarolik xizmatchilarining maqomi, ularning...
Pora olish uchun "uzoq muddatlik qamoq" jazosi belgilanmoqda

05.12.2021, 18:50

Pora olish”, “pora berish” va “pora olish-berishda vositachilik qilish” qilmishlar uchun Jinoyat kodeksining tegishli moddalarining uchinchi qismi sanksiyasi og`irlashtirilib, 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi...
O`zbekiston korrupsiya sohasida "raqamlashtirish" bo`yicha EXHT bilan hamkorlik qiladi

19.11.2021, 09:42

2021 yil 17 noyabr kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti raxbariyati bilan uchrashdi va anglashuv Memorandumini imzoladi. Ushbu memorandum orqali endi EXHTning...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1