1

Samarqandda o`g`rini qaroqchi urdi

Jinoyat 05.11.2020, 13:20
Samarqandda o`g`rini qaroqchi urdi

2020 yil 20 oktyabr kuni jinoyat ishlari bo`yicha Samarqand shahar sudining ochiq sud majlisida voyaga etmagan sudlanuvchi N.S., va sudlanuvchilar K.L., P.G.ga nisbatan jinoyat ishi ko`rildi. Bu haqda jinoyat ishlari bo`yicha Samarqand shahar sudi sudyasiZarifa AHMEDOVAxabar qildi...

45 yoshli sudlanuvchi K.L. o`ta xavfli residivist bo`la turib, 2020 yil fevralining boshlarida 2004 yilda tug`ilgan N.S.ni voyaga etmagan yoshda ekanini bilib, uni o`ta og`ir jinoyatni sodir etishga jalb qiladi. O`zaro jinoiy til biriktirib, bir guruh bo`lishadi. 2020 yil 9 fevraldan 10 fevralga o`tar kechasi Samarqand shahrida yashovchi ayol O.V.ning uyiga borib, atrofni kuzatib, hech kim yo`qligidan foydalanishadi. Voyaga etmagan N.S. atrofni kuzatib turadi. P.G. tanishi K.L. o`g`irlik jinoyatini sodir qilish uchun tayyorgarlik ko`rilayotgan va sodir etilishi mumkinligi haqida aniq bilgan bo`lsa-da, o`z vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlariga xabar bermagan. Natijada, K.L. bilan birgaldikda, atrofda hech kim yo`qligidan foydalanib, jabrlanuvchining uyiga deraza orqali kirishadi. Uydagi sandiqdan 128.725.000 so`mga teng bo`lgan 13.550 AQSh dollarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, voqea joyidan yashiringan.

                         “ASLIDA YaNGAMNING UYIGA O`G`IRLIK QILISh UChUN BORMAGANMAN”

Sudda so`roq qilingan sudlanuvchi K.L. aybiga iqrorlik bildirmagan...

— 2019 yil avgustida voyaga etmagan N.S. bilan tanishib qoldim, birgalikda istiqomat qilib, ishlab kelganmiz. 2020 yil 9 fevraldan 10 fevralga o`tar kechasi yangam O.V.ning uyiga kirib o`g`irlik qilmaganmiz. Ish joyimda bo`lgan davrimda IIB xodimlari ushlab olib, qiynoqqa solib, yangamning uyida sodir bo`lgan o`g`irlik to`g`risida surishtirishdi. Azoblariga chidolmay, ushbu o`g`irlikni N.S. bilan sodir qilganimiz haqida 2020 yil fevralning boshlarida tanishim P.G.ga aytib berganimni gapirib berishga majbur bo`ldim. Aslida yangamning uyiga o`g`irlik qilish uchun bormaganman. Shunga ko`ra, xozirgi vaqtda N.S. va P.G. menga nisbatan tuhmat qilishyapti. Harakatlarimda jinoyat alomatlari bo`lmagani sababli, oqlov hukm chiqarishlikni so`rayman.

                                        “PULLARNI O`Z EHTIYoJLARIMGA IShLATGANMAN”

Sudda qonuniy vakili ishtirokida so`roq qilingan voyaga etmagan sudlanuvchi N.S. aybiga qisman iqrorlik bildirdi...

— 2019 yil 2 sentyabrga qadar maktabda o`qib kelganman. Keyin maktabni tashlab, mardikorlik bilan shug`ullandim. 2019 yil avgustda K.L. bilan tanishib, birgalikda ishlab yurdik. Birgalikda Samarqand shahrida joylashgan, qurib bitkazilmagan uyning tomida ko`rpa-to`shak solib yashab kelganmiz. Biz bilan birgalikda K.L.ning tanishi P.G. ham ishlagan. 2020 yil yanvarning oxirlarida K.L. tanishi P.G.ga akasining o`g`lining uyiga o`g`irlikka tushishi va ushbu o`g`irlikka yordam berishini aytganida rozi bo`ldik. Keyin jiyanining uyini bir necha marta ko`rsatib, ko`cha tomonga qarab turgan derazasi orqali u va P.G. uy ichiga kirib o`g`irlik qilishini, men esa tashqi tomonida turib biron bir kishi kelsa aytishimni bildirdi. Bir necha marotaba uyning oldiga kechki vaqtlarga borib ko`rib keldik. 9 fevraldan 10 fevralga o`tar kechasi K.L. akasining uyida ko`p miqdorda pullari borligi, ular qora mol sotib pullarni uyning sandig`ida saqlab kelganini aytib berdi. K.L. o`g`rilikni bir o`zi amalga oshirishlik maqsadida uydan chiqib ketdi. Taxminan 2 soatlarda qaytib kelib, qo`lida oq qog`ozga o`ralgan narsani matras va uning ustidagi ko`rpaning oyoq tomoniga qo`yib yotdi. Uni uxlashini kutib, K.L. oyoq tomoniga qo`ygan oq qog`ozga o`ralgan narsani olib chiqib ketdim. Keyin ko`prik bo`yidagi suvning oldiga borib, qog`ozni ochganimda, ichida jami 13.550.000 AQSh dollarini sanab oldim. Ushbu pullarni o`z ehtiyojlarimga ishlatganman. Shaxsan o`zim o`g`irlikka bormaganman va ishtirok etmaganman. 

Sudda so`roq qilingan 25 yoshli sudlanuvchi P.G. aybiga to`liq iqrorlik bildirdi.

Sudlanuvchi K.L.JKning 169-moddasi 4-qismi “a,b” bandlari va 127-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi.JKning 59-moddasiga asosan tayinlangan jazolarni qisman qo`shish yo`li bilan uzil kesil 8 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Voyaga etmagan sudlanuvchi N.S. JKning 169-moddasi 4-qismi “a” bandida bilan, JKning 85-moddasiga asosan 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

JKning 60, 61-moddalariga asosan jinoyat ishlari bo`yicha Pastdarg`om tuman sudining 2020 yil 21 yanvardagi hukmi bo`yicha o`talmay qolgan ozodlikni cheklash jazosining bir kunini sud tomonidan tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosining bir kuniga tenglashtirib va tayinlangan jazolarni qisman qo`shish yo`li bilan uzil kesil 4 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Sudlanuvchi P.G.JKning 241-moddasi 1-qismi bilan ish haqining 30 foizi miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 2 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

JKning 60-moddasiga asosan JIB Samarqand tuman sudining 2019 yil 20 iyundagi hukmi bo`yicha o`talmay qolgan axloq tuzatish ishlari jazosi sud tomonidan tayinlangan jazoga qisman qo`shish yo`li bilan uzil-kesil uning ish haqining 30 foizi miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 3 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

K.L. va N.S.dan jabrlanuvchining foydasiga 43.391.508 so`m moddiy zarar solidar tartibda undirilishi belgilandi. 

S.ALLABERGANOVA, jurnalist

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1