1

Toshkent viloyatida milliy gvardiyachi kiyimini kiygan niqobli bosqinchilar ushlandi

Jinoyat 06.11.2020, 11:06
Toshkent viloyatida milliy gvardiyachi kiyimini kiygan niqobli bosqinchilar ushlandi

2020 yilning 31 oktyabr kuni soat 22:00da 36 yoshli J.P. jinoiy sheriklari, 36 yoshli A.I. va 51 yoshli B.A. bilan birgalikda bosqinchilik sodir etish maqsadida oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruhga birlashgan.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko`ra, ular qora niqob taqqan, egniga Milliy gvardiya harbiy kiyimida, rezina tayoqcha va qo`l kishani, pnevmatik o`q otar qurol bilan qurollangan holatda bo`lgan. Shu ko`rinishda A.I.ning boshqaruvidagi Matiz rusumli avtomashinada Toshkent viloyati Toshkent tumani, Tutzor mahallasi, Nurmakor ko`chasiga kelgan.

Bu shaxslar Lacetti rusumli avtomashinada uyiga kelayotgan 47 yoshli U.R.ning yo`lini to`sib, unga zo`rlik ishlatib, qo`llarini orqa tarafga qayirgan holda kishanlab, bosqinchilik sodir etgan.

Ular fuqaro U.R.ni Lacetti rusumli avtomashina orqa o`rindig`iga o`tkazib, olib ketmoqchi bo`lgan vaqtida IIB xodimlari tomonidan qo`lga olingan va qo`l kishani, rezina tayoq, pnevmatik o`q otar qurol, “Milliy gvardiya” xizmat kiyimi va niqoblari ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Hodisa joyini ko`zdan kechirish jarayonida, Matiz rusumli avtomashina salonidan J.P., A.I. va B.A. tomonidan qonunga xilof ravishda qo`lga kiritilgan avtoraqamlar aniqlanib, ushbu davlat raqamlari tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan fuqarolar J.P., A.I. va B.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 227-modasi 1-qismi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast etkazish yoki ularni yashirish) va 164-moddasi 2-qismi “a,b” bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida yuqoridagi fuqarolar jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan hamda ularga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda, deyiladi ma`lumotda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1