Qoraqalpog`iston Respublikasi Jinoyat ishlari bo`yicha sudi «Qoraqalpoqdonmahsulotlari» AJ boshqaruv direktori lavozimida ishlab kelgan E.X. hamda ushbu jamiyatning taqsimlash bo`limi marketologi R.A.ga aholiga arzon narxlarda sotilishi kerak bo`lgan unlardan qonunga xilof ravishda foyda ko`rganligi uchun jinoiy jazo tayinladi deb xabar berdi UzA.
Qoraqalpog`iston axborot agentligi tarqatgan ma`lumotga ko`ra, 2017 yil noyabr oyidan buyon «Qoraqalpoqdonmahsulotlari» aksionerlik jamiyatining boshqaruv direktori lavozimida ishlab kelgan E.X. o`z lavozimidan foydalanib, jamiyatning taqsimlash bo`limi marketologi lavozimida ishlaydigan R.A. bilan til biriktirib, noqonuniy harakatlarni amalga oshirgan.
Taqsimlash bo`limi marketologi yordamida aholiga arzon narxlarda sotilishi kerak bo`lgan un mahsulotlarini fuqarolar bilan shartnoma tuzmasdan, jamiyatning ichki buyruqlarini chiqarmasdan hamda sayyor savdo do`konlarini tashkil qilmasdan 2018 yilning 15 sentyabr kunidan 2019 yil 15 oktyabriga qadar 8 ming 600 tonnalik 15 milliard so`mdan ortiq un mahsulotlarining noqonuniy sotilishiga ruxsat bergan.
Jamiyat tomonidan shu davr ichida 16 ming 300 tonnalik 28,5 milliard so`mlik un mahsluotlari aholiga sotish uchun chiqim qilingan. Lekin, naqd pul, bank terminallari va tumanlardagi banklar orqali umumiy 28,1 milliard so`mlik mablag` kirim qilingan. O`rtada 400 milliaon so`mdan ortiq mablag` yo`q, ya`ni ushbu pullar kamomad qilib qabul qilish orqali o`zlashtirilgan.
Jamiyatning taqsimlash bo`limi marketologi R.A. esa O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 28-moddasi va 205-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan aybdor deb topilib, u ham bir yil muddatgacha davlat hamda davlat ulushi bo`lgan korxona, muassasa va tashkilotlarda tashkiliy-rahbarlik, ma`muriy-xo`jalik vakolatlari berilgan va moddiy mas`uliyatli lavozimlarda ishlash huquqidan ayrildi va bazaviy hisoblash miqdorining 100 barobari (22 mln 300 ming so`m) miqdorida jarima jazosi tayinlandi.






