AsosiyJamiyat

Investorning soliqda yotgan milliardlab so`m mablag`i qaytariladi. Lekin hammasi emas. Nega?

'Investorning soliqda yotgan milliardlab so`m mablag`i qaytariladi. Lekin hammasi emas. Nega?'ning rasmi

7 oktyabr kuni "Investor dodini kim eshitadi: Moliya, soliq, g`azna? Sirdaryo, javob bering!" sarlavhali maqola e`lon qilgan edik. Bunga javoban Sirdaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasi Axborot xizmati quyidagicha o`z munosabatini bildirgan edi:

"KORXONANING ORTIQChA TO`LOVLARI QAYTARILADI

Joriy yilning 7 oktyabr kuni ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan “Investor dodini kim eshitadi: Moliya, soliq, g`azna? Sirdaryo, javob bering!” nomli maqolada nomi keltiriligan “Modern lift systems” qo`shma korxonasi joriy yilning 1 iyun kuni 205-sonli to`lov topshiriqnomasi orqali foyda solig`iga 3 999 666 263,24 so`m mablag`ni o`z hisob raqamidan chiqargan. Natijada korxona hisobraqamida foyda solig`i hisobidan ortiqcha to`lov summasi vujudga kelgan.  

Bugungi kunda Sirdaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan vujudga kelgan ortiqcha to`lovning 9 iyul kuni 500 000 000,0 so`mi, 5 sentyabr kuni 500 000 000,0 so`mi, jami 1 000 000 000,0 so`m mablag`lar korxonaning bank hisob raqamiga qaytarib berildi. Shuningdek, 2 milliard so`mlik mablag` korxona hisob raqamiga qaytarilishi uchun 8 oktyabr kuni hududiy g`aznachilik bo`limiga xulosa taqdim etilgan.

Ma`lumki, koronavirus pandemiyasi oqibatida qo`shimcha byudjet xarajatlarining yuzaga kelganligi natijasida viloyat byudjetidan katta mablag` talab etilmoqda. Shu boisdan, byudjetda yuzaga kelayotgan mablag` tanqisligi sababli, korxonaning mavjud ortiqcha to`lovi bosqichma-bosqich qaytarib berilmoqda. Mavjud imkoniyatlarni to`liq safarbar etgan holda ortiqcha to`lovning qolgan qismi yahlit holatda korxonaga qaytarish choralari ko`rilmoqda".

Hozirda Sirdaryo viloati davlat soliq boshqarmasi o`z vakolati doirasida investor mablag`larining va`da qilingan bir qismini to`lab (qaytarib) berdi.

Lekin ochiq qolayotgan savollar ham talaygina. Qolgan mablag`lar qaytarilmaydimi? Yoki Davlat soliq qo`mitasi Prezident qarori bandlarini o`zlariga to`g`irlab talqin qilmoqda, yoki "ko`rga hassadek" tushuntirib qo`yilgan tegishli qaror mazmunini tushunishga fikri ojizligi bor. Jarayonni kuzatamiz.   

 

 

    Boshqa yangiliklar