1

Xivada 22 yoshli ayol 4 oylik chaqalog`ini 120 mln so`mga sotdi

Jinoyat 07.11.2020, 09:02
Xivada 22 yoshli ayol 4 oylik chaqalog`ini 120 mln so`mga sotdi

2020 yilning 28 oktyabr kuni xorazmlik 22 yoshli ayol o`zining 4 oylik qiz farzandini sotgan paytida qo`lga olingan. Uni qo`lga olish Xorazm viloyat IIB va DXX Xiva shahar bo`limi xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbir davomida amalga oshirilgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti Matbuot kotibi xabar berdi.  

Ma`lum bo`lishicha, ayol 4 oylik qiz farzandini 120 million so`m evaziga sotishga qaror qilgan. 5 000 dollarini olib, qizini sotgan paytida tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

“Mazkur holat yuzasidan Xiva shahar IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan ushbu fuqaroga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan”, deyiladi xabarda.

Ma`lumotlarga ko`ra, chaqaloq davlat qaramog`iga olingan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1