1

Quyichirchiqda 160 o`ringa mo`ljallangan yangi MTTning tantanali ochilishi bo`lib o`tdi

Jamiyat 07.11.2020, 16:30
Teglar: Quyichirchiq, MTT
Quyichirchiqda 160 o`ringa mo`ljallangan yangi MTTning tantanali ochilishi bo`lib o`tdi

2020 yil 6 noyabr kuni Maktabgacha ta`lim vazirligi tomonidan OAV vakillari uchun tashkil etilgan press-tur doirasida Toshkent viloyatida bolalarning maktabgacha ta`lim bilan qamrovi va O`zbekiston pedagogik kollejlarida dual ta`limning joriy etilishini namoyish etdi.

 Quyichirchiq tumanida yangi MTTning tantanali ochilishi bo`lib o`tdi.

Quyichirchiq tumanida joylashgan 24-sonli davlat MTT vazirliklararo hamkorlik doirasida Davlat bojxona qo`mitasi ko`magida qurildi.

«24-sonli MTT tumanining chekka hududida qurilgan bo`lib, bu erda boshqa MTTlar mavjud emas. Avvallari bu erda atrofi bo`sh joydan iborat jarliq bo`lgan. Erning noqulay relefi va tuproqdagi yuqori namlik bu erda dexqonchilik ishlarini olib borishga to`sqinliq qilar edi. Erosti suvlar xaydalib, er satxi tekislangach qurilishi tashkiloti bu erda quvvati 160ta joyga ega MTTni qurib berdi. Bu degani, yana qisqa muddatli guruhlarni hisobga olsak, jami 190 nafar bolakay sifatli maktabgacha ta`limga erisha oladilar. Ushbu inshootda qo`llanilgan yangilik haqida to`xtalmoqchi edim. U ham bo`lsa, ochiq o`yingohlar uzra o`rnatilgan matoli soyabonlardir. Bu bolalarimizni kuyoshdan himoya qiluvchi oddiy va samarali usuldir. Ehtimol, MTV ushbu amaliy echimni boshqa qurilishlarda ham qo`llaydi», deya ma`lumot berdi Maktabgacha ta`lim vazirining birinchi o`rinbosari Qaxramon Olimov.

 Davlat bojxona qo`mitasi tomonidan tumanning To`qboy mahallasida tashkil etilgan mazkur bog`cha qurilishiga 10 milliard so`mdan ortiq mablag` ajratilgan bo`lib, jami 160 o`ringa mo`ljallangan. Ma`lum qilinishicha, mahallada bunga qadar umuman bog`cha bo`lmagan. Hozirda bog`cha ikki smenada qisqa muddatli faoliyat olib boradi. Ya`ni birinchi smenada soat 8:00 dan 12:00 gacha hamda ikkinchi smenada soat 13:00 dan 17:00 ga qadar bolalarga mashg`ulotlar o`tiladi.Shuningdek, bog`cha tashkil etilishi natijasida 30 nafar pedogog ish bilan ta`minlanadi. Lekin qisqa muddatli faoliyat olib borilayogani sabab ayni vaqtda 14 nafar pedagog ishga olingan. Ta`kidlanishicha, mazkur maktabgacha ta`lim tashkilotidagi qisqa muddatli guruhlar haftada 2 kun ingiliz tili, musiqa to`garaklariga jalb qilingan. Ushbu to`garaklardan oliy malumotli o`qituvchi-pedagoglar dars o`tadi.

Har bir guruhda televizor va kondisioner o`rnatilgan bo`lib, bepul maktabga tayyorlov guruhlari esa kompyuterlar bilan jihozlangan. Uch qavatli transformer krovatlar osonlik bilan yig`iladi va o`ynash uchun keng hudud paydo bo`ladi. Ichimlik suvini tejash maqsadida MTT erlari artezian quduqlardan olingan suv bilan sug`oriladi va namlanadi. MTTning hamma hududi bo`ylab kuzatuv videokameralari o`rnatilgan.

Ma`lumot uchun, Toshkent viloyatida 789ta MTT bo`lib, ulardan 481tasi davlat, 26tasi tashkilotlarga qarashli, 112tasi xususiy, 52tasi oilaviy va 18tasi DXSh asosidagi MTTlardir. 2020 yil 3 kvartaliga kelib Toshkent viloyatidagi bolalarning 49,5%i maktabgacha ta`lim bilan qamrab olingan (2017 yilda bu ko`rsatkich 27,2% edi). Joriy yilning oxirigacha MTV bu ko`rsatkichni 57,4%gacha etkazishni maqsad qilib qo`ygan. Ohirgi 3 yil davomida viloyatdagi MTTlar soni 1,8 barobar ortgan.

                                       MARYaM SATTOROVA

                                                "DARAKChI" muxbiri

Sharhlar

Toshkentdagi bog`chada bolaning yuzi kuyib jarohatlanganiga tibbiy vosita bilan bo`yoqlarni o`chirilgani sabab qilib ko`rsatilmoqda. IIBB tergovga qadar tekshiruv boshladi

15.08.2022, 18:51

Internet tarmog`ida MTM tarbiyalanuvchisining yuz qismida “qizarib kuyish” alomatlari mavjudligi bo`yicha xabar tarqaldi. Mazkur holat bo`yicha Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati ma`lumot taqdim etdi. Ma`lum qilinishicha,...
Quyichirchiqda ruhiy kasal bo`lgan shaxs birovning uyiga adashib kirdi va xonadon egasini o`ldirdi

26.11.2019, 18:30

Toshkennt viloyatida ruhiy kasal bo`lgan shaxs odam o`ldirgani aniqlandi. Bu haqda darakchi.uz’ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi. Keltirilishicha, 2019 yil 25 noyabr kuni soat 00:30larda...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1